Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimiz Samarqandga keldi
17:17 / 2025-04-02

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.

Bugun davlatimiz rahbari Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazadi.

Ertaga sammitda ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

4 aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqining asosiy institutlari rahbarlari ishtirokida ko‘p tomonlama tadbirlar bo‘lib o‘tadi.