Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimiz O‘zbekistonning mintaqaviy va global masalalardagi qat’iy pozitsiyasini bayon etdi
15:47 / 2025-09-26

Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasidagi chiqishida mintaqaviy va global masalalar yuzasidan mamlakatimizning qat’iy pozitsiyasini bildirdi, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalari haqida jahon hamjamiyatini xabardor etdi.

Jumladan, barqaror rivojlanish maqsadlari bilan hamohang ravishda, mamlakatimizda demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy tamoyillarga asoslangan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida izchil siyosat olib borilayotgani ta’kidlandi. Ushbu siyosatning markazida mamlakatda yashovchi har bir oilaning, fuqaroning hayotini tubdan yaxshilash, inson qadri va farovonligini oshirish maqsadi turibdi.

Shuningdek, ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish, innovatsion tarmoqlar hamda texnologik sanoat korxonalarini tashkil etish, “yashil” energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shuningdek, kichik biznesni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali millionlab ish o‘rinlari yaratilgani qayd etildi. Natijada, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 35 foizdan 6,6 foizgacha qisqargani alohida ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida bugungi notinch va murakkab davrda nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat taqdiriga daxldor bo‘lgan dolzarb masalalarni ko‘tardi. Xususan, tinchlik va birdamlikni mustahkamlash, iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligining oldini olish, ekologik muammolarga qarshi kurashish, ayollar va yoshlar huquqlarini himoya qilish, insoniyatni umumiy taraqqiyot sari birlashtirish muhim ekanligini alohida qayd etdi, qator tashabbuslarni ilgari surdi. 

Xususan, Prezidentimiz ertangi kunimiz, dunyoning taqdiri va farovonligi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lida ekanligini ta’kidlab,  yoshlarning qalbi va ongiga tinchlik, gumanizm va do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat kabi olijanob g‘oyalarni singdirish, bu borada “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish va uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish taklifini ilgari surdi.

Prezidentimizning chaqiriqlari O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faol, mas’uliyatli va tashabbuskor davlat sifatidagi o‘rnini yaqqol namoyon etdi. Bu nutq jahon hamjamiyatini tinchlik va taraqqiyot sari muhim qadam tashlashga da’vat sifatida yanada ahamiyatli bo‘ldi. 

                  Nigoraxon Qashqaboyeva,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

 Andijon viloyati bo‘limi rahbari.

O‘zA