Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimiz O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirish muhimligini ta’kidladi
13:46 / 2025-04-07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 aprel kuni Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining 150-sessiyasi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Sohiba Gafarovani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Iqtisodiy hamkorlik yili doirasida birgalikda samarali ishlar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirgan. Madaniy-gumanitar tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish va bo‘lajak oliy darajadagi sammitlar uchun yangi takliflar ishlab chiqish maqsadida parlamentlar o‘rtasida yaqin amaliy hamkorlikni va faol almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.