Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimiz joriy haftada Turkiya hamda Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlarini qabul qilishi kutilmoqda
11:23 / 2022-08-01

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun o‘tkazilgan brifingda qayd etdi.

Brifingda davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan tadbirlar va joriy haftada kutilayotgan muhim voqealar haqida jurnalistlarga ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, boshlangan haftada tadbirlar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo hamda transport vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu formatdagi uchrashuv ilk marotaba bo‘lmoqda.

Muzokaralar kun tartibidan mintaqalararo hamkorlik, investitsiya, innovatsiya va transport-kommunukatsiya sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.

[gallery-8091]

Prezidentimiz unda ishtirok etish uchun mamlakatimizga keladigan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mexmet Chovushoglu hamda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramovni qabul qilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, davlatimiz rahbari 28 iyuldan beri mamlakatimizda bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha komissari Qayrat Abdurahmanovni qabul qiladi.

Bundan tashqari, hafta davomida mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan yig‘ilish va muhokamalar o‘tkaziladi.

O‘zA