Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimiz BMT anjumanidagi nutqini boshladi
13:51 / 2021-02-22

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi chiqishini boshladi.

Bu davlatimiz rahbarining BMT minbaridan turib ikkinchi bor o‘zbek tilida nutq so‘zlashi. Dastlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida ma’ruza qilgan edi.

Davlatimiz rahbari ushbu chiqishida mamlakatimizda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda davlatimizning Inson huquqlari bo‘yicha kengash doirasidagi faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlarga batafsil to‘xtaladi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi mazkur tadbirni onlayn yoritib boradi.

 

O‘zA