Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident xalqaro maydonda madaniy diplomatiyamizning o‘rni tobora ortib borayotganini ta’kidladi
13:37 / 2023-12-22

Davlatimiz rahbari raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi davom etmoqda.

YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyalari qariyb 40 yildan buyon faqat Parijda o‘tkaziladi. 2025 yilda esa bu konferensiyaning sessiyasini birinchi marta boshqa shaharda, ya’ni, Samarqandda o‘tkazish belgilandi.

Ushbu nufuzli anjumanga Tashkilotga a’zo barcha davlatlardan vakillar tashrif buyuradi. Hech shubhasiz, bu – O‘zbekiston uchun katta ishonch, ayni paytda mas’uliyat hamdir.

Shu sababli Prezidentimiz bu yirik xalqaro tadbirga hozirdan puxta tayyorgarlik ko‘rishni boshlash kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.

 

O‘zA