Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda
18:24 / 2025-12-16

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusi yilga yangi marralarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

So‘nggi yillarda poytaxtimizda ulkan o‘zgarishlar yuz bergani ta’kidlandi.  

O‘tgan to‘qqiz yilda Toshkent shahri iqtisodiyotiga 20 milliard dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritildi, 5 mingga yaqin yirik loyiha ishga tushdi. Jon boshiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya 2017 yildagi 71 dollardan 2,2 ming dollarga oshdi.  

Shaharda tijorat maydonlari 14 karra ko‘payib, 67 million kvadrat metrga yetdi, tadbirkorlar soni 140 mingga yaqinlashdi.  

Bunyodkorlik ishlari, yangi qurilgan savdo-servis va ko‘ngilochar ob’ektlar “tungi iqtisodiyot”ni rivojlantirdi. Tunu kun ishlaydigan savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari soni 3 mingdan oshdi.  

“Shahar piyodalar uchun” tamoyili asosida mahalla va ko‘chalarda ijobiy o‘zgarishlarni odamlar kundalik hayotida sezayotganini o‘zlari aytmoqda. Toshkentga 1 mingta zamonaviy elektrobus va avtobus olib kelinib, 168 ta yangi yo‘nalish ochildi. Qo‘shimcha 33 kilometr metro liniyasi va 21 ta yangi stansiya qurildi. Yashnobod, Mirobod, Sergeli, Yangihayot va Yunusoboddagi 1 millionga yaqin aholiga metro xizmatlari yaqinlashdi.  

O‘zA