Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident topshiriqlaridan kelib chiqib, muhim vazifalar belgilab olindi
10:06 / 2024-01-23

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida Prezidentimiz raisligida shu yil 16 yanvar kuni 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida e’tibor qaratilgan asosiy masalalar muhokama qilindi.

— Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar natijasida birgina 2023 yilda iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil qildi. Jumladan, sanoat 6, xizmat ko‘rsatish 6,8, qurilish 6,4, qishloq xo‘jaligi 4,1 foiz o‘sgan. Bu yil esa yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 6 foizga ko‘paytirib, 100 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Prezidentimiz raisligidagi yig‘ilishda ko‘tarilgan har bir masala dolzarb ahamiyatga ega. Shunday ekan, partiya vakillari, deputatlarimiz joriy yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarni saylovchilarga tushuntirishda faol bo‘lishi kerak. Ushbu masalalarga iqtisodiy kompleks masalasi, deb qarash kerak emas. Qaysi jamiyat tashabbus ko‘rsatmasa, o‘zini o‘zi nazorat qilib isloh qilmasa, o‘zgarish bo‘lmaydi, – dedi A.Qodirov.  

Muhokama va fikr-mulohazalardan so‘ng yig‘ilishda belgilab berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, bu borada partiya va uning fraksiyasi oldida muhim vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, fraksiya yig‘ilishida bir qator qonun loyihalari muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.  

 

Muhtarama Komilova,  

O‘zA