Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident topshirig‘i ijrosi: Gurlanda yangi sport majmuasi ish boshladi
16:09 / 2022-11-19

Xorazm viloyatining Gurlan tumanida Davlat bojxona xizmati organlari ko‘magida bunyod etilgan zamonaviy “Gurlan sport majmuasi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov, O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov, Xorazm viloyati hokimi Farxod Ermanov, tuman faollari, sportchilar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda sportga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar o‘z samarasini bermoqda. Buni sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda erishayotgan yutuqlari misolida ham ko‘rish mumkin.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu muhtasham majmua – buyuk kelajak sari dadil qadam tashlayotgan yoshlarimizga e’tiborning yana bir ifodasidir. Ta’kidlanganidek, mazkur majmua davlatimiz rahbarining 2020 yil 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirildi. Majmua qurilishiga  30 milliard  so‘mdan ortiq  mablag‘ sarflandi.  Sport zallari eng zamonaviy inventarlar bilan jihozlangan, sportchi va murabbiylar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.  

Majmuada sportning erkin va yunon-rum kurashi, boks, og‘ir atletika, karate, dzyudo, kurash, mini futbol, voleybol, basketbol, yengil atletika, badminton, stol tennisi, badiiy gimnastika turlari bilan shug‘ullanish uchun sport seksiyalari faoliyat yuritadi. Natijada bu yerda bir kunda 300 nafar yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullanishi mumkin.

Tadbir yakunida sport majmuasining barpo etilishida mehnat qilgan barcha quruvchilar hamda o‘z hissasini qo‘shgan mas’ullar va Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlariga  minnatdorlik bildirildi.

Ahmadjon SHOKIROV, O‘zA