Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident topshirig‘i amalda: tadbirkorlar bilan muloqot
17:57 / 2023-05-26

Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi Azizbek Latifjonov hamda tuman prokurori Nodirbek Mamatazizov “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tumandagi tashabbuskor tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan mazkur yo‘nalishdagi ishlar yanada yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 15 may kuni kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish tashabbusi ilgari surildi. Shu yil 1 iyundan boshlab amalga oshiriladigan mazkur dasturda ishtirok etish ixtiyoriy bo‘ladi. Dasturga 2023-2024 yilda jami 1 milliard dollar ajratiladi. Ajratilgan mablag‘lar hisobidan tadbirkorga kambag‘al oilalar a’zosini kasbga o‘qitib, ishli qilishiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi. Tadbirkorning “amaliy monomarkaz” tashkil qilish va jihozlash hamda kasbga o‘qitish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlarga zarur shart-sharoitlar yaratib berish, ular bilan manfaatli hamkorlik qilish orqali aholi bandligini ta’minlash, malakali mutaxassis tayyorlash yuzasidan qator topshiriqlar berilgan edi. Ana shu topshiriqlardan kelib chiqib, Paxtaobod tumani hokimi va prokurori tomonidan tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda dasturning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida tushunchalar berildi.  

[gallery-12079]

Jumladan, tadbirkorlarga zarur imkoniyatlar yaratib berish orqali ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish va shu yo‘l bilan kambag‘allikni qisqartirish hamda bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish masalalari atroflicha muhokama etildi. Uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarining taklif, tashabbus va fikr-mulohazalarini aytib o‘tdi. Dastur doirasida qator loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.  

F. Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (foto), O‘zA