Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident topshirig‘i amalda: Namanganda ko‘z mikroxirurgiya tibbiyot markazi ishga tushdi
09:51 / 2023-01-13

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2021 yil fevral va sentyabr oylarida Namanganga tashrifi chog‘ida viloyatda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining filiallarini tashkil etish topshirig‘ini bergan edi.

Ushbu vazifalar ijrosining davomi sifatida, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda keyingi yillarda aholi sog‘ligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari uchun moslashtirilgan yangi binolar qurish, ularni ilg‘or va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlashga e’tibor qaratilayotgani, bunda eng avvalo, tibbiy xizmatlar sifati yuksalib borayotgani ta’kidlandi.

[gallery-10255]

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining ko‘z kasalliklari bo‘limi binosini ta’mirlash va yangi filial ochish maqsadida mahalliy byudjet hisobidan 1 milliard 500 million so‘m hamda 17 turdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha 4 milliard 400 million so‘m ajratildi.  

Buning natijasida 60 o‘rinli ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali tashkil etildi. Ushbu maskanda shifokorlarning samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, markazga shifo izlab keluvchilar uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.

Tibbiy markaz ochilishida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov ishtirok etdi.

 

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA