Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident topshirig‘i amalda: mahalla tibbiyot punkti aholi xizmatida
11:48 / 2023-07-17

Buxoro viloyati Romitan tumani 4-sektorga qarashli “Marziya” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla tibbiyot punkti ochildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tibbiyot xodimlarini va mahalla ahlini yangi oilaviy shifokorlik punkti bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari muassasada yaratilgan sharoitlar va tibbiy asbob-uskunalar bilan tanishdi.  

–“Marziya” mahalla fuqarolar yig‘inida jami 3 ming 561 nafar aholi yashaydi, – deydi tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari Jamshid Tohirov. – Aholiga xizmat ko‘rsatish qamrovi 4 kilometr, Markaziy kasalxonagacha esa jami 26 kilometrni tashkil etadi. Mazkur hududda foydalanishga topshirilgan mahalla tibbiyot punkti shu mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli “Bahoriston” qishloq aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Ushbu tibbiyot shoxobchasi (konteyner)ning foydalanishga topshirilishi aholining uzog‘ini yaqin qildi. Mahalla tibbiyot punktida dori-darmon zaxirasi, oqova suv ta’minoti, internet tarmoqlari ulanib, kunduzgi statsionar tartibida, bir oilaviy shifokor va patronaj, amaliyotchi hamshira, patronaj doya faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, o‘z salomatligiga befarq bo‘lmagan aholiga bu yerda birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatilib, zarur dori-darmon bepul tarqatiladi. Bir so‘z bilan aytganda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur barcha sharoitlar yaratildi.

Tadbirda aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi tuman bo‘linmasi xodimlari tomonidan sog‘lom ovqatlanish stoli ham tashkil etildi. Uning ahamiyati borasida keng tushuncha berilib, aholiga bukletlar tarqatildi.

 

Zarif Komilov,  

O‘zA