Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident topshirig‘i amalda: mahalla tibbiyot punkti aholi xizmatida
13:34 / 2022-08-02

Prezidentimizning shu yil 18 mart kuni tibbiyot sohasi vakillari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Buxoro viloyati Romitan tumanidagi uzoq qishloqlarda ixcham va qulay tibbiyot maskanlari ochilmoqda.

Aholiga tibbiy xizmatni yuksaltirish maqsadida tumanning 1-sektoriga qarashli “Samosiy” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla tibbiyot punkti faoliyat boshladi.  Ochilish marosimida mahalliy hokimlik vakillari, tibbiyot xodimlari keng jamoatchilik vakillari hamda mahalla nuroniylari qatnashdi.  

– Prezidentimizning joriy yilning 18 mart kuni tibbiyot sohasi vakillari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda tumanning uzoq hududlarida ana shunday mahalla tibbiyot punkti ochilmoqda, –deydi tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Jamshid Tohirov. – Ushbu tibbiyot shoxobchalari (konteyner)ning foydalanishga topshirilishi aholining uzog‘ini yaqin qilmoqda. Romitan tumanining olis va chekka qishloqlarida ham 6 ta mahalla tibbiyot punktlari ochiladi. Punktlar aholi qatnoviga qulay joyda quriladi.  

“Samosiy” mahalla fuqarolar yig‘inida jami 3 ming 440 nafar  aholi yashaydi. Aholiga xizmat ko‘rsatish radiusi 5 kilometrni tashkil etadi. Yig‘in markazidan eng yaqin tibbiyot muassasasigacha bo‘lgan masofa 42-Oilaviy poliklinikagacha 2.5 kilometrni,   37- Oilaviy poliklinikagacha 7 kilometrni,   41 -Oilaviy poliklinika Alamdor filialigacha 7 kilometr va Markaziy kasalxonagacha 17 kilometrni tashkil etadi. Hududdagi mahalla tibbiyot punkti shu mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Og‘ar, Komko‘ch va Qosxo‘r qishloqlari aholisiga ham tibbiy xizmat ko‘rsatadi. 


Zarif Komilov, O‘zA