Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident topshirig‘i amalda: barchasi aholi salomatligi uchun
14:03 / 2023-03-09

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialida 135 o‘ringa mo‘ljallangan yangi terapiya majmuasi ish boshladi.

Tahlillarga ko‘ra, filialda birgina 2022 yilda 114 mingdan ortiq bemor murojaat qilgan. Ulardan 31 ming 912 nafari davolangan. 8 ming 918 dan ortiq operatsiya bajarilgan. Filialda bir kunda o‘rtacha 250-300 bemor murojaat qiladi. 100-150 nafari gospitalizatsiya qilinadi. 25-30 ta operatsiya bajariladi.  

Davlat rahbari topshirig‘iga asosan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialida yangi, zamon talablariga mos diagnostika va davolash binolari qurildi. Ushbu maqsadlarda jami 72 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.  

Yangi terapiya majmuasining bunyod etilishida 40 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. 10 milliard  so‘mga tibbiy jihozlar olingan. Shuningdek bugungi kunda majmuaga 1-va 2-shoshilinch terapiya, pediatriya, bolalar reanimatsiyasi, kombustiologiya, toksikologiya, kardioreanimatsiya bo‘limlari joylashtirilmoqda.  Yangi terapevtik bino hududi 20060,8 kv.m. ni tashkil qilib, majmua hududida oshxona, kislorod stansiyasi va ko‘kalamzorlashtirish maydonlari mavjud.  

– Filialda muvaffaqiyatli ishlar amalga oshirilib, chet el klinikalarida iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan qiynalgan holda  katta mablag‘ evaziga davolanib kelishga majbur bo‘lgan ko‘plab bemorlarda murakkab texnologiyali operatsiyalar amalga oshirilmoqda, – deydi ilmiy markazning Buxoro filiali direktori Tohir Musoyev. – Ilk bor buyrak transplantatsiyasi, tug‘ma miya churrasi anomaliyasi xastaligiga chalingan bemorda murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 2022-2023 yillarda “Kardioxirurgiya va angiografiya” xizmati joriy etildi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirilishi uchun filialga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 4 milliard so‘m mablag‘ hisobiga “Sun’iy qon-aylanish apparati (AIK)”, viloyat hokimligi tomonidan 1.5 milliard so‘mdan ortiq  mablag‘ hisobiga tibbiy asbob-uskuna va anjomlar olib berildi. Bundan tashqari, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 3 milliard so‘mga zamon talablariga mos “Angioxirurgiya” binosi qad ko‘tarmoqda. Filialda tajribali yurak-qon tomir jarrohi Mustafo Obeyd boshchiligidagi bir guruh yetakchi mutaxassislar ishtirokida ochiq yurakda aorta-koronar shuntlash, mitral va aortal klapanlarni almashtirish operatsiyalari amalga oshirildi. Qisqa muddatda shunga o‘xshash 30 dan ortiq operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarildi. Viloyatda ilk bor murakkab aritmologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 64 yoshli og‘ir yurak yetishmovchiligidan aziyat chekib kelayotgan bemorga 3 kamerali maxsus kardiostimulyator o‘rnatildi. Bu kabi murakkab yuqori texnologiyali operativ amaliyotlar viloyat miqyosida filialda joriy qilinishi davom ettiriladi.  

Ochilish marosimida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron Tulyaganov qatnashdi.  

Zarif Komilov, O‘zA