Prezident topshirig‘i amalda: “Andijon – Samarqand – Andijon” yo‘nalishida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
O‘tgan hafta avvalida davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mutasaddilar oldiga Samarqand xalqaro aeroportiga xalqaro parvozlar bilan birga mahalliy yo‘nalishlarda ham muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yilgan edi.
Ushbu topshiriqdan kelib chiqib, 27 sentyabrdan “Andijon – Samarqand – Andijon” yo‘nalishida muntazam yo‘lovchi aviaqatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Mas’ullarning ma’lum qilishicha, mazkur yo‘nalishdagi aviaqatnovlar haftaning dushanba va seshanba kunlari amalga oshiriladi. Andijondan soat 11-20 da uchgan havo kemasi 12-30 da Samarqandda bo‘ladi hamda shu kuni Samarqanddan soat 13-20 uchgan havo kemasi 14-25 da Andijonga qo‘nadi. Bir yo‘lovchi uchun chipta narxi yuksiz 210 ming so‘m, yuk bilan 250 ming so‘mni tashkil etadi.
G‘.Hasanov, O‘zA