French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident topshirig‘i amalda: 50 nafar xodimga uy-joy uchun boshlang‘ich to‘lov to‘lab beriladi
10:14 / 2023-04-24

G‘ijduvonlik tadbirkor “PARVOZ HUMO RAVNAQ TRANS klasteri” mas’uliyati cheklangan jamiyati 50 nafar yaxshi ishlayotgan xodimlariga subsidiya asosida “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilayotgan uy-joylar uchun boshlang‘ich to‘lovini amalga oshirishga ko‘maklashadi.

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 5 aprel kuni yangi uy-joylar qurilishi va 2023 yilgi ipoteka dasturi bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida qulay sharoitlar yaratish xususida to‘xtalib o‘tgan edi. 
Unga ko‘ra, aholining uy-joy masalasidagi ehtiyojini bartaraf etish maqsadida tadbirkorlarni ushbu masalaga jalb qilish hamda ular tomonidan qurilgan ko‘p qavatli binolarini aholiga topshirish borasida keng imtiyozlar yaratib berildi. Quvonarlisi, bu borada Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida ham samarali ishlar olib borilmoqda. 
Jumladan, “PARVOZ HUMO RAVNAQ TRANS klasteri” mas’uliyati cheklangan jamiyati tumanda qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi ko‘p qavatli turar-joy uchun ishchi xodimlarning 50 nafariga ya’ni boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy kelib chiqishi og‘ir, ehtiyojmand oilalarni doimiy uy-joyga ega bo‘lishlari uchun boshlang‘ich to‘lov borasidagi hujjatlarni rasmiylashtirib beradi. 

Ma’lumot uchun, G‘ijduvon tumanidagi massivda 129 ta besh qavatli, jami 2 ming 580 ta xonadonga mo‘ljallangan zamonaviy, energiya tejamkor uy-joy barpo etilayotgan bo‘lsa, ijtimoiy soha ob’ektlari bo‘yicha umumta’lim maktabi, 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda sog‘liqni saqlash muassasasini barpo etishga kirishilgan. Bu turar joylarning har biri hademay 20 ta yosh oilani o‘z bag‘riga olishi hisobidan hududda obod va ko‘rkam shaharcha vujudga keladi. 
 

Zarif Komilov, O‘zA