Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident tashrifidan so‘ng ustuvor vazifalar belgilab olindi
13:50 / 2021-01-24

Prezidentimiz joriy yil 21-22 yanvar kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab berdi.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi viloyat kengashida mazkur vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda deputatlar faolligi va tashabbuskorligini yanada oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zMTDPning 2020-2024 yillarga mo‘ljalllangan saylovoldi dasturida turizmni rivojlantirish masalasi ustuvor etib belgilangan.

Davra suhbatida joylarda turizm rivojiga to‘siq bo‘layotgan muammolar, yechimini kutayotgan dolzarb masalalarni sessiyalar kun tartibiga olib chiqish, sohaga tegishli mansabdor shaxslar hisobotini tinglash va ijrosi qat’iy nazoratga olinishi yuzasidan fikr almashildi.

Partiyaning viloyat kengashi tomonidan turizm masalasida yaqindagina G‘ijduvon tuman kengashi qoshida “Tarixchilar klubi”ning ish boshlagani, har bir tuman, shaharning o‘ziga xos tarixi, madaniy merosga ega ekanligi va joylarda bosqichma-bosqich partiya tashkilotlari qoshida “Tarixchilar klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yilishining rejalashtirilgani ham ushbu yo‘nalishdagi topshiriqlar bilan chamabarchas bog‘liq.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, yangi ta’lim va tibbiyot muassasalari tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani ham ushbu yo‘nalishdagi faoliyat partiya va deputatlar oldiga muhim va dolzarb vazifalarni belgilab bergani alohida qayd etib o‘tildi. Suhbat davomida ta’lim va tarbiya masalasiga O‘zMTDPning ustuvor vazifasi sifatida ahamiyat qaratilayotgani va bu borada amalga oshirilayotgan istiqbolli islohotlar viloyat rivoji va yoshlar kelajagi yo‘lida muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishi aytib o‘tildi.

Tadbirda Prezidentimiz tomonidan viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan topshiriqlar asosida viloyat kengashining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga vazifalar belgilab olindi.

Zarif Komilov, O‘zA