Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident tashrifidan so‘ng Farg‘onada ko‘plab muammolar hal bo‘lmoqda
12:02 / 2024-08-09

Davlatimiz rahbarining joriy yil 11-12 iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ustuvor vazifalar belgilab berildi, zarur mablag‘lar ajratildi. Bu esa har bir shahar va tuman uchun katta imkoniyatlar eshigini ochayotir.

“Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyilning amaliy ifodasini bugun har bir farg‘onalik o‘z hayoti misolida yaqqol sezyapti. Ayniqsa, aholini ko‘p yillardan beri qiynab kelayotgan elektr-energiya, yo‘l, ichimlik suvi, tabiiy gaz, tibbiyot, ta’lim kabi sohalardagi muammolarning tizimli hal etilayotgani barchani cheksiz quvontirib yubordi. Birgina mazkur yo‘nalishlarning o‘ziga respublika  byudjetidan 94 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.

Bugungi kunda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday bo‘lsada, hududlarda muammolar bor edi.  Prezidentimizning topshirig‘i asosida 11 ta ob’ektda 39,6 kilometr ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari boshlab yuborildi. Xususan, Qo‘shtepa tumanidagi “Qumtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida 10,6 kilometr yangi tarmoq tortilib, aholining e’tiroziga sabab bo‘layotgan masala yechim topadi. Elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha  48 ta ob’ektda 110 kilometr elektr uzatish tarmog‘ini tortish, 3 ming 515 ta tayanch, 43 ta transformator podstansiyasini o‘rnatish ishlari boshlandi.  

Shuningdek, sog‘liqni saqlash muassasalari zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlanyapti. Mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha 391 umumiy amaliyot shifokoriga bo‘lgan ehtiyoj qondiriladi. Shuningdek, Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika binosini rekonstruksiya qilish, Bag‘dod tumani Ultarma mahallasidagi oilaviy shifokorlik punktiga 50 o‘rinli yangi bino qurish ko‘zda tutilgan.  

Viloyatdagi 200 ta maktabda kimyo, biologiya va fizika fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun 300 dan ortiq to‘plamdagi anjomlar xarid qilinadi.

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri