Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident tashrifidan so‘ng: Bo‘ka ishsizlikdan xoli hudud bo‘ladi
08:56 / 2023-08-06

Co‘nggi yillarda soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita samarali ishlar tashkil etilmoqda.

Prezidentimiz raisligida joryi yil 2 avgust kuni o‘tkazilgan kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida joylarda soliq bazasini kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratilgan edi. Jumladan, Bo‘ka tumanidagi ishlab chiqarish tarmoqlarini yanada rivojlantirish borasida zarur tavsiyalar berildi. Maqsad Bo‘kada byudjetga qo‘shimcha 30 milliard so‘m tushumni ta’minlashdir. Bu – hududda byudjetga yillik tushumlarni 1,5 karra ko‘paytirish imkonini beradi. Bandlik masalasi ham hal bo‘lib, “ishsizlikdan xoli hudud”ga aylanadi.

Shuni e’tiborga olib tuman mahallalarida soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Unga soliq boshqarmasi, savdo-sanoat palatasi, kadastr va davlat aktivlarini boshqarish agentliklari, markaziy bank hamda boshqa davlat idoralarining viloyat va tuman tuzilmalaridan malakali mutaxassislar jalb qilingan. Ular tumandagi 44 mahalla va ularda faoliyat yuritayotgan 2776 tadbirkorlik sub’ektlarini xatlovdan o‘tkazdi. Xo‘sh, natijalar qanday bo‘ldi?

– O‘rganishlarimiz o‘z natijasini berdi, – Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bog‘lig‘i Ziyodbek Yo‘ldoshov. – Birinchi galda umumiy maydoni 111573 ming kvadrat metr bo‘lgan 240 bo‘sh turgan bino va 190,6 gektar bo‘sh yer maydonlari borligi aniqlandi. Joylardagi 444 past quvvatda ishlayotgan korxonalar faoliyati o‘rganildi. Ular faoliyatini tiklash hisobiga 2 ming 343 ta ish o‘rni yaratish mumkin. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yillik tovar aylanmasi esa 74,2 milliard so‘mga yetkaziladi.

Bundan tashqari, 241 tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish imkoni mavjud. Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan biznesini yuritayotgan shaxslarga amaliy ko‘mak beriladi. Shu bilan birga, o‘ttizdan ziyod “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritiladigan salohiyatli tadbirkorlar ham borligi aniqlandi.

Loyihalar doirasida tumandagi 25 ming 651 ta xonadonlar xatlovdan o‘tkazilib, aholiga kredit, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydoni ajratish rejalashtirilgan. Mazkur sa’y-harakatlar tufayli 8 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.  

A.Musayev,

O‘zA.