Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident tashrif buyurgan korxona ta’sischisi tadbirkorlarga yetakchi bo‘ldi
14:18 / 2025-12-09

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Ahmedov Akmal Shomurodovich O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A.Ahmedov Urgut tumanidagi “Sam-Ferre” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi hisoblanadi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 25 noyabr kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur korxonada bo‘lib, bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishgan, tadbirkorlar bilan suhbatlashgandi.  

Faoliyatini xorijdan keltirilgan butlovchi buyumlar asosida bir necha turdagi maishiy texnika vositalarini yig‘ish bilan boshlagan korxonada bugungi kunda muzlatkich, gaz plita, kichik pech, changyutkich, dudburon va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari, zamonaviy temir eshiklar ishlab chiqariladi. Korxonada yiliga o‘rtacha 440 milliard so‘mlik 250 ming dona mahsulot ishlab chiqariladi hamda MDH mamlakatlariga eksport qilinadi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri