Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi mintaqa davlatlarining birgalikdagi ishlarni sarhisob qilish va o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishda alohida o‘rin tutadi.
Ushbu formatdagi uchrashuvlar mintaqa xalqlari o‘rtasidagi ming yillik rishtalarni yangi darajaga ko‘tarish va kelgusi avlodlar hayotini yanada farovon qilishga zamin yaratadi.
Toshkent sammitida davlatimiz rahbari nutq so‘zlab, mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surdi. Bu haqda parlament quyi palatasi deputati Shahnoza Joldasova o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi:
— Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida davlatimiz rahbari beshta muhim yo‘nalishda dolzarb taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Ular orasida iqlim o‘zgarishi va suv muammolari bo‘yicha bildirilgan taklif Orol mintaqasidan saylangan deputat sifatida shaxsan men uchun ham muhim hisoblanadi.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasida suv taqchilligi muammosi borligi va muammoning yechimini qanday topish mumkinligiga e’tibor qaratildi. Bu borada suvni tejash maqsadida 2026-2036 yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilishni taklif etdi.
Biz suvni tejash haqida ko‘p gapiramiz. Ammo buni qanday harakatlar bilan amalga oshiramiz, degan masala bor edi. Aynan Prezidentimizning tashabbusi suvni tejash bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yillik dasturi doirasida aniq yo‘nalishlarni belgilab olish imkonini beradi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mO7mB6PpZdE" title="Prezident tashabbusi suvni tejashda aniq yo‘nalishlarni belgilab beradi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova, Oybek Davronov,
Ulug‘bek To‘xtayev (video),O‘zA