Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident tashabbusi bilan tibbiyot odamlarga yaqinlashmoqda
17:21 / 2022-11-15

Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo mintaqaviy filialiga Germaniyadan 4,5 milliard so‘m evaziga keltirilgan universal “Angiograf Simens Artis-1” apparati tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda. Mazkur uskuna yordamida yurak koronar qon-tomirlarida yuzaga kelgan patologik o‘zgarishlarni bartaraf etish, davolash va tashhislash ishlari amalga oshirilmoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati filialiga Chexiya davlatidan 1 million 400 ming AQSH dollari evaziga keltirilgan “Kobalt-80” rusumidagi gamma-nur terapiya apparati va boshqa 16 turdagi tibbiy asbob-uskunalar onkologik kasallikka chalingan bemorlarni davolash va tashhislashda qo‘l kelmoqda.

Viloyat perinatal markaziga keltirilgan 7 turdagi eng zamonaviy, yuqori texnologik imkoniyatga ega bo‘lgan “My Lab” rusumli ko‘p funksiyali UTT apparati, bolalar va kattalar uchun sun’iy nafas berish apparati, mexanik operatsion stol, operatsiya xonalari uchun galogenli lampa, elektrogenerator-koagulyator, EKG funksiyali defibrillyator monitori, vakuumli so‘rg‘ich apparatlari, qattiq va yumshoq mebellar onalar va bolalarga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini bermoqda.

Tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish maqsadida Sirdaryodagi tibbiyot muassasalarida 14 ta ixtisoslashtirilgan bo‘limlar ish boshladi. Guliston shahrida kardiorevmatologiya va nevrologiya, Yangiyer shahrida kardiologiya, urologiya va nevrologiya, nefrologiya va gemodializ, Boyovut va Guliston tumanlarida kardiologiya, Oqoltin va Sirdaryo tumanlarida tumanlararo qo‘shma shikastlanish tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir yurak qon tomir markazi, travmatologiya, kardiologiya, urologiya, endokrinologiya, lor, travmatologiya hamda Xovos tumanida endokrinologiya bo‘limlari tashkil etildi.

2020-2021 yillarda pulmonologiya va ftiziatriya, pediatriya, kardiologiya, onkologiya va radiologiya, xirurgiya, urologiya, terapiya, allergologiya, epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli parazitar kasalliklari, akusherlik va ginekologiya, kosmetologiya va dermato-venerologiya va narkologiya sohalari bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bularning barchasi Prezidentimiz tashabbusi bilan tibbiyotni odamlarga yaqinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar samarasidir.

Shuhrat Suyarov, O‘zA