Qo‘qon shahridagi O‘rda maydonida O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Talabalar spartakiadasi” sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz tomonidan joriy yil 26-27 yanvar kunlari Qirg‘iz Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi muzokaralarda mazkur tashabbus ilgari surilgan edi.
Ilk bor o‘tkazilayotgan “Talabalar spartakiadasi”ning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirining o‘rinbosari Aybek Abdimomunov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Tadbirda ikki davlat rahbarlarining yuksak siyosiy irodalari va mintaqaviy siyosatdagi ezgu tashabbuslari tufayli azaldan tili va dini bir, an’analari va urf-odatlari mushtarak ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik rishtalari kuchayib borayotgani alohida qayd etildi. O‘zaro hamkorlikning har tomonlama rivojida qo‘shma madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari ham alohida o‘rin tutayotgani ta’kidlandi. 25-27 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Talabalar spartakiadasi” sport musobaqalari O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikasining jami 216 nafar sportchi talabalari o‘rtasida og‘ir atletika, stol tennisi, voleybol, belbog‘li kurash, stritbol, mini-futbol, badminton va shaxmat yo‘nalishlarida tashkil etiladi.
[gallery-11586]
M.Sulaymonov
M.Qodirov (surat), O‘zA