So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlarni tayyorlash masalasi ustuvorlik kasb etmoqda.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va o‘zgarishlar natijadorligi maktab ta’limiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish masalasiga borib taqalmoqda. Zero, maktab ta’lim-tarbiya, madaniyat va ma’naviyat tarqatadigan ma’rifat o‘chog‘idir.
Xalq ta’limi tizimida 500 mingdan ziyod o‘qituvchi, mutaxassis va rahbar xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning kasbiy malakasini oshirishning yillar davomida shakllangan tizimini isloh qilish mazkur tizim faoliyatini tartibga soluvchi ko‘plab me’yoriy hujjatlarni tanqidiy tahlil qilish, takomillashtirish va mutlaqo yangi hujjatlarni ishlab chiqishni taqozo qiladi. Shuning uchun ham xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish asosiy vazifalardan etib belgilandi. Tizim to‘la isloh qilina boshlandi.
Xalq ta’limi vazirligining Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatidagi o‘zgarishlar, yangiliklar bunga misoldir.
Ma’lum qilishlaricha, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi pedagoglarning mustaqil ta’lim olishi uchun cheksiz imkoniyatlarni yaratdi. Mazkur imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish uchun malaka oshirish ta’limida kredit modul tizimi joriy etildi. Kredit modul tizimi qay tartibda ishlaydi?
Ma’lumki, institutning malaka oshirish hududiy markazlari ham mavjud. Ayni vaqtda ushbu markazlardagi sharoit qanday, ular qay tartibda ishlamoqda?
Tizim isloh qilinmoqda, ammo hali oldinda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar ham talaygina. Xalq ta’limi xodimlarining “Hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz kasbiy rivojlanish ta’limini to‘la joriy etish yo‘lida ishlar reja asosida davom etmoqda.
<iframe width="1350" height="641" src="https://www.youtube.com/embed/90l-SclTUYc" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
B.Meliqulova, Yoqubjon Meliboyev (video), O‘zA