Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident tanqididan keyin Rossiyada tarix fani darsliklari to‘liq tahlildan o‘tkaziladi
09:51 / 2021-04-26

Rossiya ta’lim vazirligi mamlakat maktablarida o‘qitilayotgan tarix fani darsliklari qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qiladi.

Mahkama rahbari Sergey Kravsov “Rossiya 1” kanali efirida shunday fikrni aytgan. “Biz darsliklarni to‘liq tahlildan o‘tkazamiz”, dedi u.  

Aytish joiz, mahkama prezident Putinning tanqididan keyin shunday qarorga kelgan.  

Federal yig‘ilishga murojaatida Putin darsliklarda Ikkinchi jahon urushidagi sovet xalqining fashizmga qarshi kurashi yetarlicha yoritilmagani, ayrim voqealar mutlaqo aytilmaganiga to‘xtalib, hayrat bilan, shunday bo‘lishi ham mumkin ekan,  degan edi.