Hozirda Prezident ta’lim muassasalari agentligining rahbari Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda.
Agentlik delegatsiyasi doimiy hamkori "Cambridge Assessment International Education“, ”Times Higher Education“ hamda ”British Council" tashkilotlari vakillari bilan uchrashishdi va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Forum London shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda ta’lim sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarning taqdimotlari o‘tkazilyapti.
Xususan, "Cambridge University Press &Assessment" tashkilotining bosh ijrochisi Peter Fillips o‘z taqdimotida O‘zbekiston Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligini alohida ta’kidladi.
Ma’lumot o‘rnida, Butunjahon ta’lim forumi an’anaviy tarzda har yili o‘tkaziladi hamda ta’lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi. Bu yil forumda 1000 nafarga yaqin mutaxassislar ishtirok etgan.
Maftuna Karimova, O‘zA