Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident suv ta’minotiga oid farmonni imzolaydi
12:41 / 2019-12-24

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika suv ta’minoti tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” farmoni loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra, mazkur hujjatga quyidagicha o‘zgarishlar kiritiladi:

“O‘zsuvta’minot” AJ va uning tarkibidagi suv ta’minoti va kanalizatsiya korxonalariga yetkazib berilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun qarzdorlikni iste’molchilar — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobraqamlaridan so‘zsiz undirish haqida bajarilishi majburiy bo‘lgan inkasso topshiriqnomalari qo‘yish huquqi beriladi;

2020 yil 1 fevralga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tushumlarning haqqoniy hisobini yuritish va pul mablag‘larining harakatini “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan monitoring qilishni ta’minlovchi, suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatidan tushgan mablag‘larni yagona bank hisobraqamlarida jamlash tizimi joriy etiladi.