Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident Surxondaryoning tranzit va turizm salohiyatini ishga solish masalalariga to‘xtaldi
14:40 / 2023-11-17

Termiz shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Viloyatga qo‘shni davlatlarda 5 milliard dollarlik katta bozor bo‘lsa-da, ularga eksportimiz 200 million dollarga yetmaydi.

Hozirda 75 million dollar sarmoya evaziga “Termiz xalqaro savdo markazi” qurilmoqda. Markazga “Termiz” bojxona posti ko‘chiriladi, “yagona darcha”, notarial va bank xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Sariosiyodagi “O‘zbek-Tojik chegara posti” yonida 6 gektar bo‘sh yerda “Transport logistika markazi”ni barpo etish, Bandixondagi “Tangi-mush” stansiyasida eksport uchun yuk ortish-tushirish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Tranzit salohiyati yuqori Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Uzundagi magistral yo‘l chetida logistika-servis markazlari ochiladi, Jarqo‘rg‘on, Oltinsoy va Denovni bog‘lovchi 111 kilometr yo‘lni ta’mirlashga xususiy sherik jalb qilinadi.

O‘zA