Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident sovrini uchun “Kurash: World Series Pro” turniri o‘tkaziladi
16:17 / 2023-04-11

Yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan Xanchjou shahrida milliy sport turimiz kurash bo‘yicha qit’a chempionati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Kurash: World Series Pro” turnirining Osiyo qit’asi saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.  

Musobaqalarda 24 davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.  

Musobaqalarda dastlab erkaklar va ayollar 4 tadan vaznda bahs olib boradi. Keyingi kuni esa erkaklar o‘rtasida 3 ta, ayollar o‘rtasida 4 ta vaznda Osiyoning yangi qahramonlari nomi aniqlanadi.  

Chempionat so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Kurash: World Series Pro” turnirining Osiyo qit’asi saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.  

Eslatib o‘tamiz, kurash bo‘yicha qit’a chempionati 25-30 aprel kunlari o‘tkaziladi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA