Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Prezident sovg‘asi" Samarqandga keldi
09:46 / 2023-12-27

Yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlarga davlatimiz rahbarining sovg‘alarini taqdim etish an’anaga aylangan. Bu yilgi bayram sovg‘alari shu kunlarda joylarga yetkazilmoqda.

Samarqandlik bolajonlarga atalgan sovg‘alar Samarqand xalqaro aeroportida Qorbobo va Qorqiz hamrohligida viloyat hokimligi mas’ullari va jamoatchilik vakillari tomonidan kutib olindi.

Mazkur sovg‘alar viloyatdagi 872 nafar oilaviy bolalar uylari, SOS-bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari, boquvchisini yo‘qotgan chin yetim bolalar, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlariga beriladi.

Sovg‘alar viloyatimizning shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tadigan "Prezident archasi" bayram tadbirlarida bolajonlarga topshiriladi.

“Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 turdagi o‘quv qurollari, smart soat, darts magnit taxtasi va 12 yoshdan kattalar uchun planshet kiritilgan.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat),

O‘zA muxbirlari