Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Prezident sovg‘asi” karvoni yo‘lga chiqdi
18:28 / 2025-08-13

Samarqand viloyatidagi umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilinadigan o‘quvchilar uchun keltirilgan “Prezident sovg‘asi” ortilgan avtomashinalar karvoni bugun tuman va shaharlarga yo‘l oldi.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda viloyatda 1272 ta umumta’lim maktabi, 46 ta nodavlat ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu ta’lim muassasalari 2025/2026 o‘quv yilida 1-sinfga 91 ming 740 nafar o‘quvchini qabul qilishi ko‘zda tutilgan. Shu paytgacha 84 ming nafarga yaqin bola adm.maktab.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, maktablarning boshlang‘ich sinflariga qabul qilingan. 

1-sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘asi” o‘quv sumkasi va uning ichiga joylangan 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat. Bu sovg‘alar yangi o‘quv yilining ilk kunida o‘quvchilarga topshiriladi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri