Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Prezident sovg‘asi” jamlanmasi Orolbo‘yiga yetib keldi
16:42 / 2025-08-12

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga 2025-2026 o‘quv yilida 36 ming 50 nafar o‘quvchining 1-sinfga qabul qilinishi kutilmoqda.

Maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yayotgan bolalarga 12 nomdagi “Prezident sovg‘asi” jamlanmasi topshirilishi belgilangan bo‘lib, bu ezgu tashabbus davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga, ularning intellektual va ma’naviy rivojiga qaratilgan yuksak e’tibori va doimiy g‘amxo‘rligining amaliy ifodasidir.

Yangi o‘quv yili boshlangunga qadar ushbu sovg‘alar bosqichma-bosqich barcha maktablarga yetkazilib, o‘quv yilining birinchi kuni o‘quvchilarga topshiriladi.

“Prezident sovg‘asi” jamlanmasi tarkibidan “Alifbe” darsligi, yozuv daftarlari, rangli qog‘ozlar to‘plami, rasm daftari, rangli qalamlar, yelim, maktab sumkasi va boshqa zarur o‘quv qurollari o‘rin olgan.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri