Prezident sovg‘alari topshirildi
Yangi yil bayrami munosabati bilan Samarqand viloyatidagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylariga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tabrigi va sovg‘alari yetkazilmoqda.
Jumladan, Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Rahmat Qobilov va Rayim Yusupov xonadoniga harbiylar, tuman sektor rahbarlari borib, ularni bayram bilan tabrikladi. Otaxonlarga davlatimiz rahbari yo‘llagan tabrik o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, bir martalik pul mukofoti va sovg‘alar tantanali topshirildi.
Qariyb yuz yoshga kirayotgan nuroniylar e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizdan minnatdorliklarini bildirib, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik qadriga yetish, hayotga shukrona aytib yashash kerakligini ta’kidlashdi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari