Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Prezident sovg‘alari" Termizga ham yetib keldi
12:07 / 2022-12-23

Surxondaryolik bolajonlar uchun tuhfa qilinadigan Yangi yil sovg‘asi viloyatdagi 3-15 yoshdagi 680 nafar oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan o‘g‘il-qizlar va boquvchisi Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimiz osoyishtaligi yo‘lida qurbon bo‘lgan Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati xodimlarining farzandlari hamda Qumqo‘rg‘on tumanidagi Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilariga beriladi.

“Prezident sovg‘alari” tarkibiga davlatimiz rahbarining bolalarga yo‘llagan Yangi yil bayrami tabrigi, 14 turdagi shirinliklar, 3 turdagi o‘quv qurollari, elektron kitob, termos va shaxmat jihozlari kiritilgan.  

Sovg‘alar Termiz shahri va tumanlarida bo‘lib o‘tadigan "Prezident archasi" bayram tadbirlarida o‘z egalariga tantanali topshiriladi.  

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV,  

O‘zA muxbiri