“Prezident sovg‘alari” Surxondaryoga yetkazildi
FOTOREPORTAJ
Umumta’lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilari uchun ajratilgan “Prezident sovg‘alari” Surxondaryo viloyatiga yetib keldi.
Joriy o‘quv yilida viloyatdagi 965 ta umumta’lim maktabining 1-sinfiga 63 ming 945 nafar o‘quvchi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yuborilgan 63 ming 945 dona “Prezident sovg‘alari” vohaga yetkazildi.
[gallery-18693]
Tarkibida o‘quvchi sumkasi, daftar, akvarel bo‘yoqlari, qalamdon kabi 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud sovg‘alar hududlardagi umumta’lim maktablariga bosqichma-bosqich yo‘l olmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA