Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident sovg‘alari Gulistonga yetib bordi (+video)
14:27 / 2025-12-23

FOTOREPORTAJ

Ezgu an’ana doirasida tayyorlangan Prezident sovg‘alari joriy yilda ham hududlarga yetkazilmoqda. Maxsus tayyorlangan Prezident sovg‘alari Guliston shahriga ham yetib bordi.  

Mazkur sovg‘alar Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, “SOS” – bolalar mahallalari”, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar, shuningdek, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun mo‘ljallangan. 

Bildirilishicha, jami 11 ming 125 dona Prezident sovg‘asi shakllantirilib, ular tarkibiga bolalarning ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qiluvchi 24 nomdagi o‘quv qurollari, shuningdek, bolajonlar sevib iste’mol qiladigan 34 nomdagi shirinliklar kiritilgan. Ayni paytda Prezident sovg‘alari belgilangan manzillar bo‘yicha bosqichma-bosqich joylarga tarqatilmoqda.  

[gallery-26863]

Ushbu xayrli tashabbus bolalar qalbida Yangi yil bayramiga xos quvonch va shodiyonalikni oshirish, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi va orzularini mustahkamlashga xizmat qiladi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xHIAdT9WE9A" title="Prezident sovg‘alari Gulistonga yetib bordi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahriyor ORTIQBOEV (surat, video), O‘zA