Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident sovg‘alari Buxoroga yetib keldi
14:57 / 2025-12-24

Prezidentimizning g‘amxo‘rligi va e’tiborining yorqin namunasi bo‘lgan Prezident sovg‘alari Buxoro viloyatiga yetib keldi. Har yili minglab bolalarga quvonch ulashib kelayotgan ushbu an’ana sabab “Prezident archasi” tantanalari bolajonlar uchun eng sevimli bayramlardan biriga aylangan.

Joriy yilda ham Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, “SOS – bolalar mahallalari”, Go‘daklar uyi hamda oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, mahallalarda yashovchi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun mo‘ljallangan sovg‘alar bolajonlarga quvonch ulashadi.

Mazkur sovg‘alar 24 turdagi o‘quv qurollari va 34 xil shirinliklardan iborat bo‘lib, jami 632 donani tashkil etadi.  Joriy yilning 25 dekabr kuni viloyatda bolajonlarga unutilmas, beg‘ubor taassurotlar ulashuvchi “Prezident archasi” tadbiri bo‘lib o‘tadi. Ushbu tantanada 610 nafar bola Prezident sovg‘alariga ega bo‘lishi rejalashtirilgan. 

“Prezident archasi” tadbiri bolalarga yangi yil arafasida quvonch, mehr ulashib, davlatimiz tomonidan har bir farzand taqdiriga bo‘lgan yuksak g‘amxo‘rlikning yana bir bor amaliy ifodasiga aylanadi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.