Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Prezident sovg‘alari" Buxoroga ham yetib keldi
09:21 / 2021-12-28

"Prezident sovg‘alari" ning 464 dona jamlanmasi Buxoro xalqaro aeroportida viloyat hokimligi, xalq ta’limi boshqarmasi va bir qator tegishli tashkilotlar mas’ullari tomonidan qabul qilib olindi.

Sovg‘alar shirinlik, o‘quv qurollari, kitoblardan iborat. Shuningdek, joriy yilda Bolalar shaharchalari, Oilaviy bolalar uylari hamda SOS bolalar mahallalarining 12 yoshdan katta bo‘lgan tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy planshet ham sovg‘a qilinadi.

"Prezident archasi" tantanalarini o‘tkazish va Oilaviy bolalar uylari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3 - 15 yoshli farzandlari uchun "Prezident sovg‘asi" topshiriladi.

Yurtboshimizning sovg‘alari joriy yilning 30 dekabr kuni viloyatda tashkil etiladigan “Prezident archasi” tadbirlarida buxorolik kichkintoylarga ulashiladi.

Zarif Komilov, O‘zA