English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Prezident sovg‘alari” Buxoroda
10:09 / 2023-12-27

Sovg‘alar Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy va huquq-tartibot idoralarining xodimlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining 538 nafariga atalgan.

“Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.  

Shuningdek, 12 yoshdan katta tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlangan sovg‘alar tarkibida planshetlar ham bor.

Sovg‘alar joriy yilning 29-30 dekabr kunlari viloyatning shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tadigan “Prezident archasi” bayram tadbirlarida o‘z egalariga tantanali tarzda topshiriladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri