Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda
11:52 / 2022-08-26

Davlatimiz rahbari kirish so‘zida “Inson qadri uchun” ezgu tamoyili asosidagi tub islohotlar Qoraqalpog‘istonning har bir shahar va tumani, qishloq va ovuli, har bir xonadoniga kirib borishini ta’minlash asosiy maqsadlardan biri ekanini ta’kidladi.

–Men Prezident sifatida 6 yil davomida boshqa hududlarga nisbatan eng ko‘p, ya’ni 9 marta mana shu saxovatli zaminga kelib, bu yerdagi oqsoqollar, tadbirkorlar, yoshlar vakillari bilan ko‘p-ko‘p muloqotlar qildim.Ushbu davrda Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirishga qaratilgan 31 ta farmon va qarorlar qabul qildik. Hududda tadbirkorlik sub’ektlari soni 2 barobarga ortdi, qariyb 4,5 mingta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.

Birgina joriy yil fevraldagi tashrif doirasida hududni har tomonlama rivojlantirish uchun 1,5 trillion so‘m mablag‘ ajratdik, – dedi Prezident.

Qoraqalpog‘istonda ichimlik suv ta’minotii 40 foizdan 68 foizga, maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 32 foizdan 76 foizga, aholi daromadlari jon boshiga 2 barobarga oshishiga erishilgani ta’kidlandi.

 

O‘zA