Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident Shavkat Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida amaliy takliflar bilan chiqdi
15:08 / 2025-10-10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirish hamda mamlakatlar iqtisodiyoti barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan bir qator amaliy takliflar bilan chiqdi.

Jumladan:   

– global beqarorlik sharoitida MDH formati barqaror va zarur tuzilma sifatida o‘zini namoyon etayotganini ta’kidlab, e’tiborni hamkorlikning amaliy yo‘nalishlariga qaratishni taklif qildi;   

– barcha transport turlari bilan integratsiyalashgan axborot-logistika markazlarini yaratish hamda transport sohasida davlat-xususiy sheriklik masalalari bo‘yicha MDH mamlakatlari konferensiyasini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi;   

– maxsus iqtisodiy zonalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tayyorlashni, shuningdek, MDH Venchur platformasini yaratish orqali startaplar va innovatsiyalarni ilgari surishni taklif qildi;   

– O‘zbekiston Toshkent shahrida «INNOPROM» ko‘rgazmasi doirasida MDH innovatsion sanoat forumini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi;   

– MDH energetika sektorini innovatsion rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va an’anaviy hamda “yashil” energetika bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirdi;   

– Raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasida ko‘p tomonlama amaliy harakatlar rejasini ishlab chiqish, shuningdek, fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi;   

– Diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha yangi davlatlararo kelishuvni tayyorlash, shuningdek, Xiva shahrida MDH Yoshlar forumini o‘tkazib, Yoshlar innovatsiya laboratoriyasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi;   

– xavfsizlik masalalariga to‘xtalib, MDH mamlakatlari tashqi siyosat idoralari va maxsus xizmatlar o‘rtasida muvofiqlashtiruvni kuchaytirish, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratib, ushbu mamlakatdagi infratuzilma loyihalarida birgalikda ishtirok etishni taklif qildi.   

O‘zA