Prezident saylovini o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolari malakasi oshirilmoqda
2-Andijon okrug saylov komissiyasi raisi Komiljon Komilov shahar va tumanlarda bo‘lib, “Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi” asosida olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari jarayoni bilan tanishdi.
K. Komilov o‘quv mashg‘ulot ishtirokchilari bilan muloqot chog‘ida uchastka saylov komissiyalarning qonuniylik, xolislik, adolatlilik, haqqoniylik va oshkoralik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda faoliyat ko‘rsatishlari muddatidan ilgari o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining muhim mezonlaridan biri ekanini aytib o‘tdi.
[gallery-12243]
Konsepsiyaga muvofiq, o‘quv mashg‘ulotlari 18-24 nafar tinglovchidan iborat guruhlar kesimida interaktiv usullarda tashkil etilmoqda. Har bir mavzu bo‘yicha savol-javoblar, test sinovlari orqali tinglovchilarning bilimlar mustahkamlanmoqda. Shu bilan bir qatorda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etilyapti.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/ZDEftTjNjFU" title="Президент сайловини ўтказувчи комиссиялар аъзолари малакаси оширилмоқда" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA