English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident sayloviga tayyorgarlik davom etmoqda
10:49 / 2023-06-08

Farg‘ona viloyatida joriy yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasi a’zolari bilan muloqot qildi. Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlari, Dang‘ara, Buvayda, Oltiariq tumanlarida tashkil etilgan “Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi” asosida olib borilayotgan o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoni hamda uchastka saylov komissiyalari faoliyati bilan tanishdi.  

[gallery-12252]

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘quv-mashg‘ulot ishtirokchilari bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida muddatidan ilgari o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yuqori saviyada tashkil etish, saylovni umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillar, ilg‘or milliy va xorijiy tajriba asosida o‘tkazishda mazkur o‘quvlarning ahamiyatiga to‘xtalib, o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirish va faoliyatda saylov qonunchiligi talablari asosida ish yuritish yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasi a’zolari bilan suhbatda farg‘onaliklarning siyosiy jarayonlardagi faolligi, ayniqsa, yaqinda bo‘lib o‘tgan referendumda ham faol ishtirok etganliklarini alohida e’tirof etish bilan birga, viloyatda Prezident sayloviga tayyorgarlik ishlariga yuqori baho berdi hamda farg‘onaliklarni ushbu muhim siyosiy jarayonda ham doimgidek faol ishtirok etishlariga umid bildirdi.

Samimiy suhbat tarzida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasi a’zosi Dilorom Rahimova saylov jarayonlarida uchastka saylov komissiyalarining o‘rni muhimligini, uchastka a’zolarining qonuniylik, xolislik, adolatlilik, haqqoniylik va oshkoralik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda faoliyat ko‘rsatishlariga alohida e’tibor qaratilayotganini aytib o‘tdi.

O‘z navbatida 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev saylovga tayyorgarlik jarayonlari, okrug va saylov uchastkalarida yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi.  

M.Sulaymonov, O‘zA

M.Qodirov olgan surat