Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident: sanoat tarmoqlari orasida eng ko‘p ish o‘rinlari yaratgan ham, eng ko‘p aholini band qilib turgan soha ham bu – to‘qimachilik sanoati
17:10 / 2024-04-16

Prezident raisligida to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari bugungi kunda to‘qimachilik tarmog‘idagi 6 mingdan ziyod korxona 570 ming aholini doimiy ish bilan ta’minlayotganiga e’tibor qaratdi.

Ya’ni, sanoat tarmoqlari orasida eng ko‘p ish o‘rinlari yaratgan ham, eng ko‘p aholini band qilib turgan soha ham bu – to‘qimachilik sanoati.

Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan to‘qimachilikning barcha yo‘nalishlaridagi tadbirkorlar bilan muloqot qilinib, ularni o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganildi va yechimlar ishlab chiqildi. 

Yuzdan ziyod tadbirkor taklif qilingan yig‘ilishda ushbu masalalar tahlil qilinib va yangi chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

O‘zA