Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
15:44 / 2022-10-12

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 12 oktyabr kuni Ostona shahriga jo‘nab ketdi.

Prezidentimiz u yerda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlislarida ishtirok etadi. Ushbu sammitlar doirasida hamkor mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.