Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident Qoraqalpog‘iston aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 3 ta yangi tashabbusni ilgari surdi
14:05 / 2023-03-30

Kegeyli tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoatini rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Prezident yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 3 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.  

Birinchi tashabbus doirasida Qoraqalpog‘istondagi 452 ta mahallaning har biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 500 million so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.  

Buning uchun alohida Qoraqalpog‘iston mahallalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilinib, unga joriy yilda 250 milliard so‘m ajratiladi.  

–Navro‘z bayrami va “Mahalla kuni” arafasida mahalla raislari, imomlarni rag‘batlantirdik. Qoraqalpog‘istonda azal-azaldan o‘ziga xos tizim – “ko‘cha-biy”lar bor. Odamlarimizni hayotini yaxshilashga hissa qo‘shayotgan bunday jonkuyar insonlar mehnatini ham munosib rag‘batlantirish kerak, deb o‘ylayman,– dedi davlatimiz rahbari.  

Ikkinchi tashabbus.  bugungi kunda Qoraqalpog‘istonda 47 ming uy-joy  

va ko‘chmas mulklarning kadastri yo‘q.  

Bu – odamlarimizni ipoteka olish, tomorqasida dehqonchilikka kredit, subsidiya olish, yashayotgan boshpanasini farzandlariga meros qoldirish imkoniyatini cheklayapti. Shu sababli keyingi ikki oyda 38 ming odamning kadastri to‘liq qilib beriladi.  

Uchinchi tashabbus. Bugun Qoraqalpog‘istonda yiliga 6,5-7 mingta uy-joyga talab bor.  

Shu bois, 2023 yil o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar ko‘p yoki 4 mingta uy-joy quriladi.    

–Bunga qo‘shimcha qilib, faqat Qoraqalpog‘iston aholisi uchun yangi imkoniyat yaratamiz. Ya’ni, zamonaviy loyiha asosida 4 ming yakka tartibdagi uy-joy qurishga 4 sotixdan yer ajratiladi. Infratuzilmasini ham qilib beramiz,– dedi Shavkat Mirziyoyev.  

 

O‘zA