Prezident qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlarining taklif va fikrlarini tingladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazdi. Prezidentimiz ularning qo‘shimcha takliflari va fikrlarini tingladi.
– O‘zining mashaqqatli mehnati bilan rizq-ro‘z yaratayotgan insonlar bilan suhbatlashish, ularning taklif va fikrlarini eshitish menga hamisha alohida huzur bag‘ishlaydi.
Bejiz «Yerni yaxshi ko‘rgan – Vatanni yaxshi ko‘radi», deyishmaydi. Zero, umrini, mehnatini saxovatli zaminimiz bilan bog‘lagan siz kabi fidoyilar – haqiqiy vatanparvardir.
Fursatdan foydalanib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi halol mehnatingiz, erishgan yuksak natijalaringiz uchun butun xalqimiz nomidan yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiraman, – dedi davlatimiz rahbari uchrashuv yakunida.
O‘zA