Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident qarori: yer egalariga 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada mablag‘ ajratiladi
20:46 / 2023-04-12

Fermer xo‘jaliklarining dala chetlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, hosilini saqlash, ularni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning samarali, uyg‘unlashgan innovatsion uslublarini joriy qilish choralari ko‘riladi.

Bu boradagi vazifalar Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 5 apreldagi “2023 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligining Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 2023 yilda ajratilishi ko‘zda tutilgan 400 milliard so‘m byudjet ssudasi hisobidan 100 milliard so‘m yillik 10 foiz stavkada quyidagi maqsadlar uchun sarflanishi belgilandi:

– dala chetini o‘zlashtirish va mahsulot yetishtirish uchun zarur bo‘lgan urug‘, ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlar, kimyoviy preparatlar, moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlash;

– suv bilan ta’minlash uchun nasos va quvurlarni o‘rnatishga qarz shartnomasi asosida, naqd pul shaklida qishloq xo‘jaligi korxonalari va dala cheti yer egalariga 6 oygacha imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada qarz ajratish.

Bunda, berilayotgan qarz mablag‘lari olinayotgan daromadning 50 foizidan oshib ketishi mumkin emas.

Mazkur qaror doirasida talabgorlarning eng yaxshi takliflarini tanlash usuli orqali qarz mablag‘lari ularning qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi taqdim etilgandan so‘ng ajratiladi.

O‘zA