Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident qarori: Turizmda nimalar o‘zgaradi?
15:44 / 2025-11-20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Mazkur hujjat bilan, 2030 yilgacha turizm sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari belgilandi.

Avvalo, turizm sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizgacha yetkazish qayd etildi.

Chet ellik turistlarning yillik sonini amaldagi 10 million nafardan 20 million nafargacha yetkazish, shu jumladan, to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan turistlar oqimini ko‘paytirish ko‘zda tutilmoqda. Turizm xizmatlari yillik eksporti hajmi esa 6 milliard dollardan oshiriladi.

O‘zbekistonning turistik shaharlari o‘rtasidagi transport bog‘lanishini yaxshilash, ichki aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish hamda yo‘lga sarflanadigan vaqtni kamida 3 baravarga qisqartirishga e’tibor qaratilmoqda.

O‘zA