Prezident qarori: Sirdaryoda 500 gektar maydonda “ijtimoiy issiqxona” tashkil etiladi. Unda kimlar ishlashi mumkin?
Prezidentimizning “Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori foydalanilmay bo‘sh turgan dala chetlari hamda kollektor-drenaj tarmoqlari atroflaridagi qishloq xo‘jaligi ekinlari yer maydonlarida mahsulotlarni yetishtirish uchun dasturilamal vazifasini o‘taydi.
Mazkur hujjatda qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023-2025 yillarda Sirdaryo viloyatida foydalanilmay bo‘sh turgan dala chetlari, kollektor-drenajlar atroflaridagi 500 gektar maydonda ixcham “ijtimoiy issiqxona”ni tashkil qiladi.
Unda “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga tayyor holda 2,5 sotixdan ajratiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi “ijtimoiy issiqxona” loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlaridan 50 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit resurslarini jalb qiladi.
O‘zA